Jizzaxda yuk avtomobili yonib ketdi
3-sahifa
−
06 Sentabr 2021
5768Bugun, 6 sentyabr kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida “Kamaz” rusumli yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 16:40 da G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1027-kilometrida yuz bergan. 1985 yilda tug‘ilgan Sh.G‘. ismli haydovchi boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomobilida harakat vaqtida yong‘in chiqqan. Bunga yuk avtomobilining gaz uskunasidagi nosozlik sabab bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, haydovchi avtomobilni zudlik bilan to‘xtatgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
“Mazkur hodisa yuzasidan G‘allaorol tumani FVB hamda YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun yani bir shunga o‘xshash holat yuz berdi. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Spark yonib ketdi. Qurbonlar yo‘q.
LiveBarchasi