Jizzaxda YPX xodimi haydovchini so‘kib, haqoratladi. YHXBB holatga izoh berdi

Jamiyat

64bd8a582258d03c7200bb65d5e08d8a

Jizzax shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchini haqorat qilgan viloyat IIB YHXB YPX xodimiga nisbatan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12 aprel kuni Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimlari Z.P., Z G‘. va Sh.M. Jizzax shahar Islom Karimov shoh ko‘chasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtida YPX inspektori Sh.M. tomonidan “VAZ-2108” mashinasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 99-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan harakatlanganligi bois to‘xtatilgan.

YPX xodimi haydovchidan me’yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so‘raganda haydovchi hujjatlarini taqdim eta olmagan. Haydovchi A.J.ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilib, “VAZ-2108” vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga maxsus evakuator yordamida olib ketilayotganda haydovchi YPX xodimiga e’tiroz bildirib, qarshilik ko‘rsatgan. YPX inspektori Sh.M. haydovchi bilan muloqot jarayonida nosamimiy munosabatda bo‘lib, uni so‘kib, haqoratlagan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax YHXBB

Baholaganlar

495

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing