Jizzaxda yangi oltin koni topilgani rostmi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida oltin koni topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda yangi topilgan kon davlat balansiga olingani va 175 tonnalik zaxiraga egaligi aytilgandi. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ushbu xabarlarni rad etdi.

Ma’lum qilinishicha, G‘allaorolning Janubiy Nurota tog‘larining sharqiy tarmog‘idagi Marjonbuloq qirlarida yangi oltin koni topilgani xaqida xabarlar haqiqatga mos kelmaydi.

Vazirlik aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tgan. 

Ma’lumot uchun, 2022 yilning aprel oyida Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududidagi Muruntov konida 40 mln tonnadan ortiq oltinga boy ma’dan zaxirasiga ega “Balpantog‘” va “Tomdibuloq” konlari ochilgandi. Undan qariyb 15 yil davomida yiliga 3 mln tonnadan ortiq ruda qazib olish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax yangi oltin koni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing