Jizzaxda yana bir tumanga hokim tayinlandi
Jamiyat
−
20 yanvar 2021
8207Kecha, 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, Yangiobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Ikrom Sindarovich Matiyevni Forish tumani hokimi lavozimiga o‘tganligi munosabati bilan, Yangiobod tumani hokimi lavozimiga Qarshiboyev Ibroxim Boltayevich nomzodini tavsiya etdi.
Ushbu taklif Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.
Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Ibroxim Boltayevich Qarshiboyev Zafarobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi