Jizzaxda o‘zini himoya qilishga uringan fuqaro qotilga aylandi

Jamiyat

image

Kecha, 6 may kuni Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida cho‘pon va mast fuqaro o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Soat 15:00 larda Do‘stlik tumani hududidan o‘tgan “Jizzax shahar-Gagarin” temir yo‘l hududida 30 yoshli fukaro I.X ikki nafar sheriklari bilan mast holatda shu yerda qo‘ylarini boqib yurgan 51 yoshli R.I. bilan o‘zaro janjallashgan.

I.X. R.I.ning bo‘yin qismidan bo‘g‘ib olib, o‘ng qulog‘idan tishlagan vaqtda u o‘zini himoya qilish maqsadida yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan I.X.ning ko‘krak va qorin qismiga ikki marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni R.I.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. R.I. ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Jizzax

Baholaganlar

508

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing