Jizzaxda uyida 45 tup kannabis o‘stirgan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida hovlisining 2 metr kvadrat maydonida 45 tup kannabis ekkan erkak qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax shahri “Hamid Olimjon” MFYda yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan D.S. ushlanib, shaxsiy tintuv qilingan. Tekshiruv davomida uning yonidan 2 gramm “gashish” hujjatlashtirib olingan.

Shuningdek, 51 yoshli D.S.ning yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari ham ko‘zdan kechirilganda hovlisining 2 metr kvadrat maydonida 45 tup kannabisni parvarishlab kelayotgani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli profilaktika tadbirlari davomida Samarqand viloyati Narpay tumani Ichki ishlar bo‘limi Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan uyida 51 tup giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax gashish kannabis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing