Jizzaxda uka akasini pichoqlab o‘ldirdi
Jamiyat
−
11 avgust 2021
13331Joriy yilning 7 avgust kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida uka akasi bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar qildi.
Ish holatlariga ko‘ra, fuqaro T.A ukasi Yu.T bilan tumandagi dala shiyponlarining birida spirtli ichimlik iste’mol qilib, aka-uka o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro janjal natijasida Yu.T akasi T.A.ni oshxona pichog‘i bilan tanasining yuz va boshqa sohalariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi