Jizzaxda to‘ydan qaytayotgan mast fuqaro YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Jizzax viloyati Forish tumanida piyoda ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Forish tumanida 1993 yilda tug‘ilgan S.K. o‘z boshqaruvidagi Nexia’da tumanning “Yoshlik” mahallasida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan J.S.ni urib yuborgan. Shifokorlarning taxminiga ko‘ra, jabrlanuvchi spirtli ichimlik ichgan va mast holatda bo‘lgan.

J.S. avariyadan keyin shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, u yerda hayotdan ko‘z yumgan.

Jizzax viloyati IIB YHXB boshlig‘i Husan Xolqo‘ziyevning ma’lum qilishicha, surishtiruvlarda J.S.ning onasi bilan birga Forish tumanida yashovchi qarindoshining uyiga to‘yga kelgani, voqea joyidan 200-250 metr masofa uzoqlikdagi to‘yxonadan chiqib, maqsadsiz qorong‘i yo‘lga chiqib qolgani aniqlangan.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u tunda harakatlanib kelayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishdan mashina kelib qolgan va chiroqlarning ko‘ziga tushishi oqibatida S.K. to‘satdan yo‘lga chiqqan piyodani ko‘rmagan.

“Yo‘l yoritilmagan, ustunlarda chiroqlar yo‘q, yo‘lning qatnov qismi tekis. Yon atrofda aholi xonadonlari kamligi tufayli ko‘chaga chiroqlar o‘rnatish hozircha rejalashtirilmagan”, deya hodisa sodir bo‘lgan yo‘ling sharoitiga e’tibor qaratgan Husan Xolqo‘ziyev.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing