Jizzaxda tibbiyot xodimi kaltaklandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida tibbiyot xodimi bemorning yaqinlari tomonidan kaltaklanganiga haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda shifokor xirurgiya bo‘limida davolanmoqda. Mazukr holatga Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 23 avgust kuni soat 12:06 da Jizzax viloyat Call-markaziga Zomin tumani “Oqtepa” MFY J.Sulaymanov ko‘chasida yashovchi fuqaro A.B.ga yaqinlari tomonidan chaqiriq bo‘lgan. Soat 12:10 da tez yordam brigadasi ushbu fuqaroning yashash xonadoniga yetib borgan.

4 daqiqada yetib borgan shifokor 1939 yil tug‘ilgan bemorni tekshiruvdan o‘tkazgach, bemorning umumiy ahvoli og‘ir bo‘lganligi sababli shifoxonada statsionar sharoitda yotib davolanishi uchun olib ketish kerakligini aytgan. 

Lekin, bemorning yaqinlari bunga ruxsat berishmagan. Shundan so‘ng tez yordam brigadasi tomonidan zarur birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, kerakli maslahatlar berilgan.

Shu kuning o‘zida yana soat 13:42 da mazkur xonadondan yana qayta viloyat Call-markaziga chaqiriq bo‘lgan. Tuman tez yordam brigadasi soat 13:47 da bemorning yashash xonadoniga yetib borgan vaqtda bemorda biologik o‘lim yuz berganligi ma’lum bo‘lgan.

Tez yordam bo‘limi navbatchi feldsheri E.I. ushbu holat yuzasidan tushuntirish berayotgan vaqtida bemorning yaqinlari tomonidan kaltaklangan. Feldsher E.I. zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga olib kelingan vaqtda u karaxt holda ko‘ngli aynib, qayd qilishi kuzatilgan. 

“Bemor tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilib, shoshilinch xirurgiya bo‘limiga yotkizilgan. Unga yopiq bosh miya chayqalishi, bo‘yin sohasi yumshoq to‘qimlarining lat yeyishi, teri osti gematomasi tashxisi qo‘yilgan. Ayni paytda bemorga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limga xabar berilgan bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmokda. Ushbu vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jizzax tibbiyot xodimi

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing