Jizzaxda tez yordam mashinasi piyodani urib yubordi (video)
3-sahifa
−
24 may
7315Jizzax shahrida tez tibbiy yordam mashinasi piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Hodisa kecha, 23 may kuni soat 8:30 lar atrofida Sharof Rashidov ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1976 yilda tug‘ilgan ayol yo‘lning belgilangan qismidan kesib o‘tayotganda so‘nggi yo‘lakchadan tezlikda kelayotgan tez yordam mashinasi uni urib ketgan.
Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyatining Narpay tumanida mast holda mashina boshqargan 70 yoshli erkak 2-sinf o‘quvchisini urib yuborgandi.
LiveBarchasi