Jizzaxda terrorchilik tashkilotlarini moliyaviy qo‘llagan erkak qamaldi
3-sahifa
−
12 noyabr
6219Jizzax viloyatida xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib va moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelgan 27 yoshli yigit qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, Sharof Rashidov tumanining Kuyovboshi mahallasida yashagan fuqaro 2017 yildan 2024 yilning bahorigacha Rossiyaga bir necha marta borib, savdo, ishlab chiqarish va qurilish ob’ektlarida ishlagan. U shu vaqtlarda O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining audio va video materiallarini eshitib kelgan.
Bundan tashqari, o‘zining akkaunti orqali diniy mazmundagi kanallar va guruhlarga a’zo bo‘lib, ularga joylashtirilgan ekstremistik va aqidaparastlik g‘oyalari bo‘lgan da’vatlarni tinglab kelgan. Ulardagi g‘oya va takliflarni qo‘llab-quvvatlagan.
Mart oyida yigit O‘zbekistonga qaytib kelganida tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. Uning mobil telefoni xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olinib, ko‘zdan kechirilganida shaxsi noma’lum bo‘lgan akkaunt egalari bilan Saudiya Arabistoniga chiqib ketishga oid yozishmalari aniqlangan.
Shuningdek, bir necha akkaunt egalariga terrorchilik tashkilotining atributlari va ramziy belgilari aks ettirilgan video materiallar yuborgani ma’lum bo‘lgan. O‘zining nomiga ochilgan bank kartasida 100 ming rubldan ziyod mablag‘ni terrorchilik tashkilotlari a’zolarining hisob raqamiga o‘tkazib kelgani aniqlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tumani sudida ayblanuvchi qilgan ishlaridan pushaymonligini bildirgan. Sud hukmi bilan u 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida faoliyat olib borgan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti tarafdorlaridan iborat jamoa fosh etilgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining hukmiga ko‘ra, mazkur noqonuniy guruh a’zolari Jinoyat kodeksining 1553 - moddasi (Terrorizmni moliyalashtirish), 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 2441 - moddasi ( Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 2442 - moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan aybli deb topilib, ularga nisbatan 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi