Jizzaxda sevgan qizining yalang‘och tasvirlarini tarqatmaslik evaziga 800 dollar so‘ragan yigit ushlandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyati Jizzax shahrida sevgan qizining yalang‘och holdagi foto va video tasvirlarini tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, undan 800 dollar talab qilgan 19 yoshli yigit ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Jizzax shahrida yashovchi Sh.S. ismli qiz sevgan yigiti uning yalang‘och holdagi tasvirlarini tarqatib yubormaslik evaziga undan 800 dollar talab qilayotganini ma’lum qilgan. O‘rganish natijasida qizga tahdid qilgan yigit Jizzax shahrida yashovchi 19 yoshli O.R. ekani ma’lum bo‘ladi. O.R. qiz bilan sevishib yurgan vaqtida unga uylanish istagi borligini aytib, ishonchiga kirish orqali, yashirin tarzda uni kiyimsiz holatda foto va video tasvirga olgani aniqlangan. 

Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, O.R. sevgan qizi Sh.S.ni boshqa yigit bilan unashtirilganligini eshitganidan so‘ng, qizning behayo tasvirlarini Telegram kanallarida tarqatib yuborib, uning nikoh to‘yini buzish bilan qo‘rqitgan. Buning evaziga esa 800 dollar talab qilgan. 

O‘tkazilgan tadbir davomida yigit so‘ralgan pulning bir qismi sifatida qizdan 4 million so‘mni olayotgan paytda qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ma’lumot uchun, bunday harakatni sodir etgan shaxslar 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram'da ayollarning behayo tasvirlarini tarqatib kelgan kanal ma’murlari qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax behayo tasvirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing