Telegram'da ayollarning behayo tasvirlarini tarqatib kelgan “Hello Tashkent” “admin”lari qo‘lga olindi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

“Hello Tashkent, salam Tashkent” Telegram-kanali boshqaruvchilari qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, vazirlikning tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Telegram’da “Hello Tashkent, salam Tashkent” nomli kanal va guruhlarni tashkil etib, ularga fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi video tasvirlarni joylashtirib kelgan guruh aniqlangan. Guruh va kanal boshqaruvchilari joylangan tasvirlarni o‘chirish evaziga tovlamachilik yo‘li bilan fuqarolardan pul talab qilib kelgan.

Telegram-kanal tashkilotchilari asosan qizlar va ayollarning foto va videolarini joylab, qiziquvchilarni VIP-chatga taklif qilgan. Unga a’zo bo‘lish 100 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha etib belgilangan.

Tezkor-qidiruv natijasida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olingan. IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko‘rilgan.

“Hello Tashkent, salam Tashkent” guruh va kanallaridan jabrlangan fuqarolar 102 qisqa raqami yoki +998991176087 raqamlari orqali xabar berishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Kiberxavfsizlik Hello Tashkent salam Tashkent behayo kanal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing