Jizzaxda sel 20 yashar fuqaroni oqizib ketdi
Jamiyat
−
04 may 2022
9116Bugun, 4 may kuni Jizzax viloyati Zomin tumanining tog‘li hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida tumanning “Pishog‘ar”, “Achchi” va “Sho‘rcha” qishloqlari sel oqimlari kuzatildi.
Hodisa natijasida sel suvlari “Jizzax – Zomin” avtomobil yo‘li ostida o‘rnatilgan quvurlarga sig‘masdan ushbu yo‘lning 25, 26, 27 km. lari ustidan toshib, yana soy o‘zani bo‘ylab oqib o‘tgan.
Voqea joyiga yetib borgan FVV qutqaruvchilari suvda oqib kelayotgan “Pishog‘ar” QFY Qong‘li qishlog‘ida yashovchi 20 yoshli fuqaro E.N.ni qutqarib olgan. Hozirda ushbu fuqaroning ahvoli yaxshi, tan jarohati olmagan.
Sel oqimi natijasida aholi tomorqalari, hovlilari va ichki ko‘chalarda suv toshishi holatlari kuzatilgan.
"Voqea joyida viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar tegishli xizmatlarning kuch va vositalari tomonidan sel suvlari toshgan ko‘chalar, aholi xonadonlari o‘rganilmoqda, yo‘llarda xavfsizlik YHX xizmati tomonidan nazoratga olingan", deyiladi vazirlik xabarida.
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida kuzatilgan sel hodisasining oqibatlari aks etgan suratlar ham tarqalmoqda. Unda mashina suvda oqib ketayotganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, kuchli oqim chorva mollarini ham oqizib ketgan.