Jizzaxda RF bilan hamkorlikdagi OTMga hujjat qabul qilinyaptimi?

Jamiyat

image

So‘nggi kunlarda Jizzax shahrida Rossiya Federatsiya bilan hamkorlikda yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilgani va unga abituriyentlardan hujjat qabul qilinayotgani haqida xabarlar urchib ketdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha odamlar bu haqda ma’lumot olish uchun vazirlikka murojaat yo‘llayapti.

Vazirlik Jizzaxda RF bilan hamkorlikda OTM ochilgani va abituriyentlar qabul qilinyotgani haqida xabarlarni rad qildi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Jizzax viloyatida uchta oliy ta’lim muassasasi: Jizzax davlat pedagogika, Jizzax politexnika institutlari va O‘zMUning Jizzax filiali faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarida kabi qabul jarayoni yakunlangan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 116 ta (95 ta mahalliy, 21 ta xorijiy) oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ulardan birortasida ham qabul jarayoni olib borilmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Jizzax

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing