Jizzaxda restoranga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
11 Iyul 4874 1 daqiqa
Bugun, 11 iyul kuni Jizzaxdagi restoranda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 07:14 da Jizzax shahri “O‘ratepalik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan restoranda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Jizzax viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari soat 07:19 da aytilgan manzilga yetib borib, yong‘in qutqaruvchilar tomonidan soat 07:24 da qurshab olingan va soat 08:10 da to‘liq o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘rikzor bozoridagi do‘konda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr