Jizzaxda poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yuk avtomobilining xarakat qoidasiga rioya etmaganligi sababli temir yo‘lda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bugun, 20 oktyabr kuni soat 00:25 da Sharof Rashidov tumani “U.Xatamov” MFY hududida harakatlanib ketayotgan “CHAKMAN” rusumli yuk avtomobili Jizzax-2 – Chamanzor temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3550-km.da harakatlanib ketayotgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli teplovozining yo‘liga chiqib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Darhol voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi qutqaruvchilar bo‘linmasi yuborilgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida teplovoz o‘z izidan chiqib ketib harakatdan to‘xtagan. 

Hodisa oqibatida yuk avtomobili xaydovchisi tan jarohati olgan, unga joyida zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilib, RSHTYOIM Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

304

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing