Jizzaxda pnevmatik qurol va qoradori saqlaganlar ushlandi
3-sahifa
−
19 iyul 3970 2 daqiqa
Jizzax viloyatida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida olib borilgan tezkor tadbirlarda bir necha kishilar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Xususan, viloyatning Mevazor mahallasida yashovchi 20 yoshli D.A.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilgan. Mazkur jarayonda xonadonda 2 dona polietilen paket bo‘laklariga o‘ralgan, qurigan holdagi o‘ziga xos o‘tkir hidli 52 gramm og‘irlikdagi o‘simlik maydalari daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olingan. Yana bir holatda qidiruvda bo‘lgan shaxsning yashirin manzili aniqlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tuman sudi tomonidan firibgarlikda ayblanib, joriy yilning 2 fevral kuni qidiruv e’lon qilingan Baxmal tumanida tug‘ilgan 43 yoshli fuqaro ushlangan.

Shu bilan birga, Do‘stlik tumanining G‘afur G‘ulom mahallasi hududida harakatlanayotgan Lacetti to‘xtatilgan. 22 yoshli M.N. boshqaruvidagi avtomashinani tekshirish chog‘ida u 3 ta qutida jami 150 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib ketayotgani aniqlangan. Bundan tashqari Arnasoy tumanining Mirzo Bobur mahallasida istiqomat qiluvchi 21 yoshli X.X. 1 million 800 ming so‘mga dorilarni sotgan vaqtida qo‘lga olingan.


Tezkor tadbirda “O‘ratepalik” MFYda yashovchi 41 yoshli E.M.ning yashash uyidan 24 tup kannabis va quritilgan holdagi giyohvandlik moddasi, “Turon” MFYda istiqomat qiluvchi 25 yoshli I.Yu.dan 1 dona pnevmatik pistolet, “Alisher Navoiy” MFYda yashovchi B.O‘.ning xonadonidan jami 190 litr yoqilg‘i mahsulotlari hujjatlashtirib olingan.


Bundan tashqari qidiruvda bo‘lgan shaxs yashirin manzilida ushlanganida uning telefonida diniy materiallarni tarqatish bilan bog‘liq holatlar aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruvlar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari tomonidan joriy yilning 8-9 fevral kunlari o‘tkazilgan “Oriat” keng ko‘lamli tadbirlarida bangixona tashkil etgan va tungi klubda giyohvandlik vositalarini sotib kelgan shaxslar qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr