Jizzaxda plastmassa quvur ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
19 fevral 2021 5296 1 daqiqa
Bugun, 19 fevral kuni Jizzax shahridagi plastmassa quvurlari ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Soat 09:05 da "Jizzax" erkin iqtisodiy zonasida joylashgan joylashgan “Master bilding prodokt” plastmassa quvurlari ishlab chiqarish qo‘shma korxonasi xududida joylashgan kompressor binosida yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 09:10da yetib borishgan. Yong‘in soat 09:18 da o‘rab olinib, 09:40 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in natijasida binoning taxminan 90 kv.m maydonida shift qismi hamda uskunalari yongan. Olib borilgan harakatlar natijasida ishlab chiqarish sexining 1400 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025