Jizzaxda attraksion sinib ketdi. Halok bo‘lganlar bor (video)

Jamiyat

Hozirgina ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi istirohat bog‘laridan birida joylashgan odamlar to‘la attraksionning sinib ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqeaning bugun, 28 iyun kuni Jizzax shahrida sodir bo‘lgani aytilgan. QALAMPIR.UZ muxbiri voqeaga aniqlik kiritish maqsadida SSV Matbuot xizmati bilan bog‘landi.

SSVning ma’lum qilinishicha, bugun sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Vafot etgan shaxs Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida 1999 yilda tug‘ilgan M.X.bo‘lib, u tumandagi 50-umumta’lim maktabi ishchisi bo‘lgan.

SSV Matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea natijasida yana bir kishi yengil tan jarohati olgan, u shifokorlarning maxsus ko‘rigidan so‘ng uyiga javob berib yuborilgan. Hozirda uning salomatligi qoniqarli ahvolda. 

Hozircha, attraksionning sinib ketishi sabablari ma’lum qilinmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax attraktsion

Baholaganlar

378

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing