Jizzaxda Nexia`lar to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 15 oktyabr kuni Jizzax viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 16:00 da G‘allaorol tumani Buloqboshi QFY hududidan o‘tgan 4R-40 “Dashtobod-Zomin-Baxmal-G‘allaorol” avtomabil yo‘lining 173-kilometrida “Baxmal” yo‘nalishida yuz bergan. 1994 yilda tug‘ilagan fuqaro I.Sh. o‘z borqaruvidagi Nexia-2 rusumli transport vositasi bilan katta tezlikda harakatlanib kelib rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida yo‘lning qarama qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, 1992 yilda tug‘ilgan E.R. ning boshqaruvidagi Nexia rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Natijada har ikkila transport vositalari haydovchilari olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, Nexia-2 avtomashinasida yo‘lovchi sifatida kelayotgan 1994 yilda tug‘ilgan A.U. hamda Nexia rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1964 yilda tug‘ilgan B.Sh. turli darajada tan jarohatlari olib G‘allaorol tumani Markazmy shifoxonasiga yotqizilgan.

Hozirda maskur holat yuzasidan G‘allaorol tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing