Jizzaxda mudhish YTH! 4 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 23 noyabr kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani mudhish yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

YTH taxminan soat 03:00 larda Sharov Rashidov tumani “Nurafshon” MFY hududidan o‘tgan “Toshkent-Termiz M-39 yo‘li”ning 977 kmda yuz bergan. 22 yoshli R.N. 4 nafar yo‘lovchilari bilan Epica rusumli transport vositasini Termiz yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan 43 yoshli Y.P. boshqaruvida bo‘lgan KamAZ-53212 rusumli yuk mashinasining orqa qismiga urilib yo‘l-transport hodisasini sodir yetgan.

Oqibatda Epica rusumli avtomashina haydovchisi R.N., yo‘lovchilar 58 yoshli R.J. va 26 yoshli G.A. hamda 33 yoshli R.B. hodisa joyida vafot yetgan. Yana bir yo‘lovchi 26 yoshli M.M. yesa turli tan jarohatlari bilan RSHTIYOM Jizzah filiali travmotologiya bo‘limiga yotqizilgan. KamAZ haydovchisi jarohat olmagan.

Mazkur holat yuzasidan 23 noyabr kuni Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing