Jizzaxda mast haydovchi er-xotinning o‘limiga sababchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida spirtli ichimlik ta’sirida avtomashina boshqarib, er-xotinning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 2024 yilning 31 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. 29 yoshli fuqaro boshqa bir kishiga tegishli ZIL yuk mashinasini Oqtom mahallasi hududidan o‘tgan G‘allaorol – Baxmal – Usmat yo‘nalishida boshqarib borayotib yo‘l harakati qoidasiga amal qilmagan.

Xususan, quvib o‘tish qoidasini buzib, Damas yo‘nalishiga chiqib ketgan va u bilan to‘qnashgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tumani sudi tomonidan G‘allaorol tumanida o‘tkazilgan sud majlisida haydovchi aybiga to‘liq iqrorligini va o‘sha kuni spirtli ichimlik iste’mol qilganini bildirgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi 9 yil muddatga ozodlikdan va 3 yil muddatga avtomashina boshqarish huquqidan mahrum qilindi. Shuningdek, jabrlanuvchining qonuniy vakiliga qariyb 30 mln so‘m zararni undirish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida Cobalt haydovchisi yo‘lning belgilangan joyidan kesib o‘tayotgan 13 va 4 yoshli opa-singillarni urib ketgan va opa-singillarning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'lim er-xotin Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing