Jizzaxda maktab yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
17 iyul 6489 1 daqiqa
Bugun, 17 iyul kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi maktablardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 08:24 da Jizzax viloyati FVBga G‘allaorol tumani, “Samarqand” MFYda joylashgan maktabning tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Qutqaruv bo‘linmalari yong‘in joyiga tezkorlik bilan yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida o‘chirgan. Yong‘indan maktabning 450 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi savdo rastasida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi