Jizzaxda lo‘lilarga uy berildi

Jamiyat

photo_2019-11-11_16-17-29

Jizzax viloyatida o‘tgan asrda qurilgan eski imoratlarda yashab kelayotgan lo‘lilarga yangi uylar berildi.

Paxtakor tumanidagi Oltinko‘l va Olmazor mahallalarida 35 gektardan ziyod yer maydoni ajratilib, 3200 nafar fuqaro uchun 780 ta yangi uy bunyod etildi. Hududda infratuzilmani shakllantirish uchun 150 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

O‘tgan asrning 60-yillarida qurilgan, hozirda turmush uchun yaroqsiz holga kelib qolgan uylarda yashab kelayotgan lo‘lilar uchun zamonaviy uy-joylarga ega bo‘lish, albatta, tarixiy voqea. Chunki, shu paytga qadar ularning holidan hech kim xabar olmaganligi – bor haqiqat.

Endi Paxtakor tumanida og‘ir sharoitda yashab kelgan lo‘li millatiga mansub aholi ham barcha fuqarolar qatori munosib turmush kechiradi. O‘z uyi, ish joyiga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax uy lo'li

Baholaganlar

117

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing