Jizzaxda Lacetti “lyuk”idan tanasini chiqarib ketgan qiz jarimaga tortildi
Jamiyat
−
27 may 2021
15929Joriy yilning 20 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida Lacetti rusumli mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro (qiz bola) tanasini transport vositasi “lyuk”idan chiqarib harakatlangani aks etgan video tarqaldi.
Jizzax viloyati IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi. Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, haydovchi va yo‘lovchining shaxsiga aniqlik kiritilib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Yo‘lovchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgani uchun bayonnoma tuzildi.
“Mashina egasi rulda emas edilar, uzr so‘rayman, men bilan Vali ismli o‘zimning oldingi tanishim bor edi. Mashina egasining uydagilaridan, oila a’zolaridan, rafiqasidan uzr so‘rayman. Agar qo‘llaridan kelsa kechirishsin. Meni deb bitta oila buzilib ketishini istamayman” deydi qiz.
LiveBarchasi