Jizzaxda ko‘p qavatli binoning tomiga yana bir “etaj” qurib olganlar jarimaga tortildi (video)
3-sahifa
−
12 aprel
20976Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Jizzax shahri Mustaqillik ko‘chasi hududidagi ko‘p qavatli turar-joy binolariga qo‘shimcha qavat qurilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 2018 yilda Jizzax shahar hokimining qarori bilan “M.K.” MCHJga Jizzax shahri “Zilol” MFY Mustaqillik ko‘chasi hududidan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi uchun yer maydoni ajratilgan. Jizzax viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan loyiha ishlarini amalga oshirish maqsadida Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i berilgan.
- loyiha-smeta hujjatlari “G.S. P.” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan;
- “O‘zgashLITI” DUK tomonidan ob’ekt uchun geologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha xulosa berilgan. “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Jizzax filialidan yuqoridagi ob’ektlarga 2019 yil 23 aprel va 2020 yil 4 fevralda ekspertiza xulosalari olingan.
Ob’ekt 2019 yil 1 aprelda Jizzax viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan 5 qavatli turar-joy sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Buyurtmachi “M. K.” MCHJ tomonidan qurilgan 1a va 2a uy 2021 yil tegishli dalolatnomalar bilan foydalanishga qabul qilingan.
2023 yilda Jizzax shahar qurilish bo‘limi tomonidan mazkur ob’ektdagi 1a uyning ixtisosini o‘zgartirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berilgan.Ob’ektda Jizzax shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi tomonidan 1a va 2a uyga mansard qurish uchun 2023 yil arxitektura rejalashtirish topshiriqlari ishlab chiqilgan bo‘lib, Jizzax viloyati qurilish va kommunal xo‘jaligi boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023 yil 12 iyundagi xulosasi olingan.
Jizzax shahar “Zilol” MFY Mustaqillik ko‘chasi hududidan “5 qavatli binoga mansard qurish” 1a hamda 2a ko‘p qavatli turar-joy binosiga mansard qurish bo‘yicha “P. E.” MCHJ tomonidan 2023 yilda ekspert xulosalari olingan. 1a va 2a sonli 5 qavatli uy-joylar foydalanishga qabul qilingan, 3a va 4a sonli uylarda ta’mirlash ishlari yakunlanmaganligi sababli foydalanishga qabul qilinmagan.
Bundan tashqari, buyurtmachi “M.K.” MCHJ tomonidan 1a uyning tom qismida g‘isht terish ishlarini bajarish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etilmaganligi sababli hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish-montaj ishlarini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida ko‘rsatma rasmiylashtirilib, aniqlangan qoidabuzarlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan jarima qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ariqqa qurilish materialini oqizgan fuqaro jazoga tortilgan edi.
LiveBarchasi