Jizzaxda xotinini pichoqlab o‘ldirgan “zamdirektor” 14 yilga “kesildi”

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Jizzax viloyatida maktab direktori o‘rinbosari Telegram’dagi yozishmalar sabab xotinini o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar bergan edik.

Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan ochilgan jinoyat ishi materiallari sudda ko‘rib chiqilib, fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30 mart kuni bir nechta tanishlari bilan alkogolli ichimlik iste’mol qilgan. Tungi soat 22:00 dan keyin uyga borgan erkak turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtasida nizo chiqarib, uni xiyonatda ayblagan. Dahanaki mojaro janjalga aylanib, er oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismiga zarba bergan. Natijada ayol vafot etgan.

Ayblanuvchi sud davomida qilmishiga to‘liq iqror bo‘ldi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasiga (qasddan odam o‘ldirish) ko‘ra 14 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

592

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing