Jizzaxda Xitoy fuqarosi va olti nafar o‘zbekistonlik qidiruvga berildi (foto)
3-sahifa
−
19 aprel
42428Jizzax viloyatida bir vaqtning o‘zida Xitoy fuqarosi va olti nafar o‘zbekistonlik qidiruvga berildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax shahar "O‘ratepalik" mahallasi A.Soatov ko‘chasi 48 uyda yashagan, 1981 yilning 12 noyabrida tug‘ilgan Farhod Jumayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “g” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan qidirilmoqda.
Shu kabi, Jizzax shahri "Qassoblik" MFY Hamza ko‘chasi 2-yotoqxona 2-uyda yashagan, 1998 yilning 23 dekabrida tug‘ilgan Ja’far Meliboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga berilgan.
Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan, Jizzax shahri "Zilol" MFY Nurobod ko‘chasi 12-uyda yashagan, 34 yoshli Begzod Mamatqulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidirilmoqda.
Qolaversa, 1985 yilda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan, Sh.Rashidov tumani "Yangiobod" mahallasi Shifokorlar ko‘chasi 29-uyda yashagan Fozil Otayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruv e’lon qilingan.
1989 yilning 14 avgust kuni Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan, Sharof Rashidov tumani "Sovungarlik" mahallasi Mehnat ko‘chasi 1-uyda yashagan Yorqin Asqarov ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun qidiruvga berilgan.
Bundan tashqari, Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan, Sharof Rashidov tumani "Qahramon" mahallasi O.O‘rolov ko‘chasi 45-uyda yashagan 44 yoshli Xurshid Muxtorov Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi “a” bandi, 159-moddasi 1-qismi, 244-2-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan qidirilmoqda.
E’tiborlisi, 1994 yilda Xitoy Xalq Respublikasida tug‘ilgan, XXR fuqarosi, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Ardaxshon mahallasi hududida joylashgan “FESTON” XSI MCHJ yotoqxonasida yashagan Chen Lin Bingga nisbatan ham qidiruv e’lon qilingan. Uning Jinoyat kodeksining 184-modda 3-qismi hamda 189-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi aytilmoqda.
Ushbu shaxslar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlariga yoki +99872-342-12-02, +99872-342-10-68, +99872-226-03-02, +99893-290-02-30 raqamlariga telefon qilib xabar berishlari so‘ralgan va ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir tutilishi hamda pul mukofoti bilan taqdirlanishi ilova qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda ikki kishi qidiruvga berilgan edi. Topganga 20 million va’da qilingandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr