Jizzaxda xavfli manyovrlarni amalga oshirganlar jazolandi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti va Malibu rusumli mashinalar to‘y kotrejida ishtirok etib, xavfli manyovrlarni amalga oshirgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holatga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, "shovvozlar" mashinaning davlat raqamlarini belgilanmagan tartibda yechib olib, mashinalariga "sirena" va "migalka" o‘rnatib, harakatlangan. Olib borilgan surishtiruv natijasida voqea 3 mart kuni Jizzax viloyati Zomin tumanida sodir bo‘lgani aniqlangan.

"Malibu  avtomashinasiga har xil "sirena" va "migalka" qo‘yganim uchun YPX xodimlari topib olib kelishdi. Shuning uchun qolganlardan ham bu narsani qaytarmasliklarini so‘rab qolar edim. Qilgan ishimdan pushaymonman", deydi manyovr ishtirokchilaridan biri.

Surishtiruv davomida haydovchilar shaxsiga aniqlik kiritilgan. Mashinalar esa jarima maydoniga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax xavfli manyovr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing