Jizzaxda advokat 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
17 aprel
6068Jizzax viloyatida advokat jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudida ishlovchi tanishlari orqali sudning ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlattirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Endilikda advokatning o‘ziga nisbatan ham Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (Pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘zi egallab turgan mansabni suiiste’mol qilgan holda, sudlangan shaxslarga nisbatan belgilangan jazo muddatini yengillashtirib berishni va’da qilgan advokatlar qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi