Jizzaxda kepakka tosh qo‘shib sotgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
20 Oktabr
6878Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida chorva mol ozuqasi hisoblangan kepakka tosh maydalarini qo‘shib fuqarolarga sotib kelgan 31 yoshli tadbirkor ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 31 yoshli S.Sh. ismli tadbirkor chorva mollarining ozuqasi bo‘lgan kepak mahsulotlariga tosh maydalarini qo‘shib, fuqarolarga sotib kelgani aniqlangan. Viloyat IIB tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida “Mustang qaytmas” fermer xo‘jaligi rahbariga tegishli uy ko‘zdan kechirilganda, 80 tonna kepakka mayda toshlarni aralashtirib, qoplarga joylab qadoqlangani oydinlashgan.
Viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari davlat markazi tomonidan qadoqlangan yem mahsulotlari tekshirilganda, uning chorva mollari iste’moli uchun yaroqsizligi ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari mahsulot tayyorlangan joy soliq va kommunal to‘lovlardan yashirinish uchun uy-joy sifatida kadastrdan ro‘yxatga o‘tkazilgani, binoda ofis va ishchilar ovqatlanadigan joy mavjudligi, ammo yashash uchun sharoit yo‘qligi ayon bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIB xabarida, shuningdek, kimdir ushbu MCHJdan jabr ko‘rgan bo‘lsa, ichki ishlar organining 102 qisqa raqamiga yoxud (93 303 51 57 yoki (97 523 38 31) raqamlariga murojaat qilishi so‘ralgan.
LiveBarchasi