Jizzaxda “KamAZ” savdo do‘konini buzib tashladi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida  "KamAZ" rusumli yuk avtomashinasini mast holatda boshqarib ketayotgan haydovchi mashinasi yordamida qasddan savdo do‘konini buzib tashladi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 28 may kuni soat 01:19 larda Zarbdor tumani “Ravot” MFYda joylashgan savdo do‘koni ish yurituvchisi viloyat IIBning 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, "KamAZ" rusumli yuk avtomashinasi egasi savdo do‘konini buzib tashlagani to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida Zomin tumani "Nurlikent" MFYda yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro T. Sh. "KamAZ" rusumli yuk avtomashinasini mast holda savdo do‘koni oldiga boshqarib kelgani aniqlandi. Do‘kon yonida turgan Zarbdor tumani "Navoiy" MFYda yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan H.R va u bilan birga bo‘lgan U.O. lar bilan o‘zaro tortishib qolishi oqibatida H.R yuk mashinasi egasining yuz qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng, T.Sh jahl ustida boshqaruvidagi yuk avtomashinasiga o‘tirib, uni haydab, shu yerda turgan H.R.ga tegishli Spark rusumli avtomashinaning orqasidan borib, urgan. Shuningdek, avtomashina va savdo do‘koniga moddiy zarar yetkazgan.

“Hodisa sodir bo‘lgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Tergov natijalariga ko‘ra, ushbu voqea ishtirokchilarining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda harakatlanib ketayotgan Nexia-2 gazballoni portlab ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax KamAZ savdo do'koni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing