Jizzaxda qurol sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
04 mart
6269Jizzaxda 1,2 mln so‘mga ov qurolini sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti hamda Jizzax viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlarining hamkorligidagi tadbirda qurol sotuvchi aniqlangan.
Unda Baxmal tumani “Oyqor” MFYda yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan A.Q. “Toz” rusumli ov qurolini 1 million 240 ming so‘mga sotgan vaqtida protsessual tartibda ushlangan.
"Hozirda qonunbuzarlik yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktabga o‘quvchining qurol ko‘tarib kelgani shov-shuv bo‘lgandi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi