Jizzaxda ishlamaydigan xodimlarga 105 million maosh yozishdi

Jamiyat

image

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining mansabdor shaxslari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ular tomonidan 2017-2019 yillar davomida talon-taroj va mansab soxtakorligi jinoyatlari sodir etilgan.

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur jinoyatlar tibbiy muassasadan bo‘shab ketgan 4 nafar shaxsni “ishlamoqda”, deya soxta hujjatlar rasmiylashtirish va ularning imzolarini qalbakilashtirish yo‘li bilan amalga oshirilgan. 

Ta’kidlanishicha, mansabdorlar aslida yo‘q xodimlar nomidan 29 million 700 ming so‘m ish haqi, 42 million 100 ming so‘m rag‘bat puli hamda 33 million 300 ming so‘m ustama mablag‘larini o‘zlashtirishgan. Yetkazilgan umumiy zarar 105 million 100 ming so‘mni tashkil etgan. 

“Jinoyatning ochilishiga shifoxonaning norozi xodimlarining shikoyati turtki bo‘ldi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

646

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing