Jizzaxda ikki avtomobil to‘qnashuvida uch kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 28 oktyabr kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida ikki avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

YTH 28 oktyabr kuni soat 22:00 larda Do‘stlik tumani “Oltin Vodiy” MFY hududidan o‘tgan “Gagarin — Do‘stlik” 4R-35 yo‘lining 64- kilometrida yuz bergan. Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lada avtomashinasida Mirzacho‘l tumanining G‘alaba mahallasida istiqomat qiluvchi shaxs boshqaruvidagi “VAZ-2102” rusumli avtoulov bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Lada salonida bo‘lgan, Sharof Rashidov tumani “Qangli” MFYda yashagan fuqaro olingan tan jarohatlari tufayli vafot etgan. Xuddi shunday “VAZ-2102” haydovchisi hamda mazkur avtoulov salonida bo‘lgan Mirzacho‘l tumani “Mirzadala” SHFYda yashagan yo‘lovchi shifoxonada ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan.

Shundan so‘ng marhumlar belgilangan tartibga ko‘ra sud-tibbiy ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazilayotganida vafot etganlardan birining qarindoshlari ekspertiza o‘tkazilishiga qarshilik qilgan. Shu bois tibbiy muassasada tartibni saqlash uchun ichki ishlar organlari xodimlari jalb qilingan. Marhumning yaqinlari soha vakillarining tushuntirishlariga qaramasdan sud tibbiy ekspertiza binosining eshik va derazalarini buzishga urinishgan, qolaversa ular ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266- moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing