Jizzaxda ichida 3 nafar bola bo‘lgan Matiz yonib ketdi
3-sahifa
−
19 Sentabr 2020
13608Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida ichida 3 nafar bola bo‘lgan Matiz rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inda bolalar jiddiy kuyish jarohati oldi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Hodisa “Yakkaqayrog‘och” mahalla fuqarolar yig‘inida sodir bo‘lgan. Mahallada yashovchi 1992 yil tug‘ilgan F.D. akasining 1 nafar, o‘zining esa 2 nafar farzandini Matiz ichida qoldirib, yashash joyiga kirib ketgan. F.D uyda bo‘lgan vaqtda avtoulov ichida yong‘in yuzaga kelib, salonda bo‘lgan 2018 yilda tug‘ilgan Sh.Sh.ning tanasi 100 foiz 2- va 3-darajali termik kuygan.
Shuningdek, 2017 yilda tug‘ilgan M.Sh. tanasining 60 foizi 1-, 2- va 3-darajali kuygan. Bundan tashqari bolaning yuqori nafas yo‘llari 2-darajali kuygan. 2019 yilda tug‘ilgan Sh.M.ning yuzi, ikki qo‘li 2-, 3- “A” va “B” darajali, yuqori nafas yo‘llarining esa 14-16 foizi kuygan.
Jabrlanuvchilar respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
LiveBarchasi