Jizzaxda Gentra haydovchisi aholini elektrsiz qoldirdi
3-sahifa
−
03 yanvar 2024 11470 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Sharof Rashidov tumani "So‘g‘diyona" MFY hududida Gentra avtomobili transformatorga urilib ketishi oqibatida elektr ta’minotida uzilish bo‘lgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filialining ma’lum qilishicha, "So‘g‘diyona" MFY hududidagi "Gandumtosh" tarmog‘idan chiquvchi 257-sonli transformatorni Gentra avtomobili urib ketishi oqibatida elektr ta’minotida uzilish bo‘lgan. Mashina haydovchisiga esa tan jarohati yetmagan.
"Ayni paytda voqea joyiga tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari tomonidan zaxira transformatori olib borilib, transformatorni almashtirish va elektr ta’minotini tiklash ishlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr