Jizzaxda fuqaro hamshirani kaltakladi
3-sahifa
−
16 Sentabr 2021
8167Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida fuqaro tibbiyot birlashmasi hamshirasini kaltakladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi shu tumandagi “Samarqand quduq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan “Nega onamga qaramayapsan?” deya urib, tan jarohati yetkazilgan.
Kaltaklanish oqibatida hamshira bosh miya chayqalishi tashxisi bilan tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch bo‘limiga yotqizilgan.
Ayni paytda, mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
LiveBarchasi