Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota 15 sutkaga qamaldi
3-sahifa
−
30 aprel
3883Jizzax viloyatida aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamagan erkak 15 sutkaga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda viloyat Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga muvofiq moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik 15 sutkalik ma’muriy qamoq, ushbu jazo qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga BHMning yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Byuroning Sharof Rashidov tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor M.M. hisobidan undiruvchi U.M. foydasiga aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdor aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkent shahridagi choyxonalardan biridan topilgani jamoatchilik orasida shov-shuvga aylangan edi.
LiveBarchasi