Jizzaxda farosatsizlik: 75 tup daraxtning atrofi betonlab tashlandi
Jamiyat
−
04 dekabr 2021
19602Ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlar atrofi betonlab tashlangani haqida lavhalar tarqaldi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
Mirzacho‘l tumani Gagarin shaharchasi “Do‘stlik” MFY Xalqlar do‘stligi ko‘chasining ikki tomoniga ekilgan 75 tup daraxt atrofi MCHJ ishchilari tomonidan yo‘lak qurish ishlari davomida betonlab yuborilgan.
Daraxtlarning barchasi: 38 tup archa, 7 tup shumtol, 1 tup tut, 1 tup akatsiya, 1 tup gilos, 4 tup qayrag‘och, 7 tup qarag‘ay, 12 tup aylant daraxtlarining tagidagi betonlar buzib olingan va ularning tagi yumshatilib, parvarish qilingan.
MCHJning ushbu ishga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan rasmiy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilangan.
LiveBarchasi