Jizzaxda eshak arava va mashina to‘qnashuvida odamlar qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image

2020 yilning 27 oktyabr kuni soat 19:50 larda Jizzax viloyati Zarbdor tumani hududidan o‘tuvchi “Yangiyer-Dashtobod” avtomobil yo‘lida 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro B.P “Vaz-2106” rusumli transport vositasini katta tezlikda boshqarishi natijasida yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotgan eshak aravaning orqa tomonidan urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Oqibatda eshak aravada bo‘lgan 1958 yilda tug‘ilgan X.E hamda 1998 yilda tug‘ilgan A.P lar turli darajadagi tan jarohatlarini olib Zomin tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etishgan.

“Hozirda maskur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

IIV Jizzax IIB YHXBB

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing