Jizzaxda er Telegram’dagi yozishmalari sabab turmush o‘rtog‘ini o‘ldirdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida maktab direktori lavozimida ishlovchi fuqaro ijtimoiy tarmoqdagi yozishmalari tufayli turmush o‘rtog‘ining joniga qasd qildi. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Tumandagi umumta’lim maktabida direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan 35 yoshli H.M. joriy yilning 31 mart kuni soat tonggi 4:30 larda vaqtinchalik ijarada yashab kelayotgan xonadonida turmush o‘rtog‘ining joniga qasd qilgan.

Qotillikka H.M. turmush o‘rtog‘i M.M.ning Telegram’dagi yozishmalarini o‘qib qolishi va o‘rtalarida kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan.

Janjal oqibatida H.M. yashash xonadoni mehmonxonasida o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘i bilan M.M.ning chap bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining birlamchi xulosasiga ko‘ra, M.M.ning o‘limiga “bo‘yin sohasida sanchilib-kesilgan tan jarohatidan ko‘p qon ketishi” sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Do‘stlik tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, jinoyat ishining olib borilishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Jizzax

Baholaganlar

898

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing