Jizzaxda er rashk sabab xotinini o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida er rashk sabab avval xotinini keyin esa o‘zini pichoqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 17 mart kuni Arnasoy tumani “Oltinvodiy” mahallasida 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan 28 yoshli uning turmush o‘rtog‘i o‘rtasida rashk sabab janjal kelib chiqqan. Oqibatda erkak oshxona pichog‘i bilan avval ayoliga, keyin esa o‘zini jarohatlagan.

Shundan so‘ng, ayol voqea joyida vafot etgan. Erkak esa tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ma’lum qilinishicha, ularning 2 nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida er xotinini qasddan yetti marotaba pichoqlab o‘ldirgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing