Jizzaxda er-xotin 3 yoshli bolasini 3 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
02 noyabr
5055Jizzax viloyatida 3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota-ona qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro o‘zining shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i bilan jinoiy til biriktirib, voyaga yetmagan 2021 yilda tug‘ilgan farzandini 3 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida sudlanuvchi er-xotinga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, sudlanuvchi erkak Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudlanuvchi ayolga esa Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida chaqalog‘ini 10 mln so‘mga pullamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingandi. Ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi