Jizzaxda “elektroset” xodimasi ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
14 may 5819 1 daqiqa
Jizzax viloyatining “Hududiy elektr tarmoqlari” Jizzax shahar filiali xodimasi 1 ming AQSH dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Jizzax shahar filiali xodimasi N.S.O. Zomin tumanida yashovchi fuqaro N.Q.J.ni AJning Jizzax filialiga ishga kiritib qo‘yish evaziga undan ming AQSH dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, hozirda, fuqaro N.S.O.ga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Paxtaobod tumanida yashovchi shaxs yo‘l-patrul xizmati inspektoriga pora taklif etgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi