Jizzaxda ekstremistik oqim tarafdori ushlandi
3-sahifa
−
15 may 2022
7642Jizzax viloyatida diniy ekstremistik oqim tarafdori ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 1995 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan S. A. ma’lum vaqt davomida diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni uyali telefoni orqali muntazam ravishda tarqatib kelgan. U o‘zining uyali telefonidagi Instagram ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjerida akkaunt yaratib, u orqali tarqatib kelgan ekstremistik ruhdagi materiallar xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan – Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan.
Viloyat DXX va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida S. A. qo‘lga olinib, uning mobil telefoni protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza xulosasiga ko‘ra, uning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar to‘liq aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan.
Hozirda fuqaroga nisbatan mutasaddi idora xodimlari tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi