Jizzaxda deputat vafot etdi
3-sahifa
−
09 avgust 2021 13245 1 daqiqa
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Zomin tuman Kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘razali Berdibekov 52 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, O‘razali Berdibekovda buqoq va yurak hastaliklari bo‘lgan. Ayniqsa so‘nggi ikki yil davomida juda ham qiynalgan.
Ma’lumot o‘rnida. 1969 yilda Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan. U 2017 yildan buyon “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Zomin tuman Kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.
O‘razali Berdibekov shuningdek, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi "Sharq tongi" gazetasi bosh muharriri, Zomin tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari, jurnalist va o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr