Jizzaxda Cobalt chirpirak bo‘ldi. Qurbon bor

Jamiyat

image

Kecha, 8 may kuni soat 09:00 larda Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil yo‘lining 1029 km.da yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Haydovchi 1989 yil tug‘ilgan D.M. Cobalt rusumli transport vositasini “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand tomon boshqarib ketayotib, charchoq sababli rulda uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Natijada, haydovchi 31 yoshli D.M. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

416

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing