Jizzaxda ayol qo‘shnisining bolasini shafqatsizlarcha kaltakladi
3-sahifa
−
27 iyun 6617 1 daqiqa
Jizzax viloyatida ayol qo‘shnisining bolasini shafqatsizlarcha kaltakladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 iyun kuni Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqaro M.I. tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, 2015 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi mahalladoshi N.N. tomonidan haqorat qilinib, tan jarohati yetkazilganini bildirgan. Shuningdek, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Mazkur holat bo‘yicha tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan bolada yengil tan jarohati aniqlangan.
Shuningdek, 20 iyun kuni fuqaro N.N. ham tuman IIBga murojaat qilib, mazkur voqea davomida uning voyaga yetmagan farzandlariga ham tan jarohati yetkazilganini ma’lum qilgan. Ushbu holat yuzasidan ham sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq erkak o‘smirlarning mushtlashuviga aralashib, ulardan birini kaltaklagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Live
Barchasi